Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar IIBB, Davlat xavfsizlik xizmati (DXS) va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan qo'shma maxsus operatsiya natijasida Olmazor tumanidagi xususiy uylardan birining hududida 260 ga yaqin giyohvandlik o'simligi butalari topildi.

Tomorqadagi o'simliklarning balandligi 20 santimetrdan bir yarim metrgacha bo'lgan. Barcha butalar olib qo'yilib, sud-biologik ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza natijalariga ko'ra, uy egasining harakatlariga huquqiy baho beriladi va protsessual qaror qabul qilinadi.

Idora xodimlari giyohvandlik vositalari inson salomatligiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishini, asab tizimi, xotira va ichki organlarga halokatli oqibatlarga olib kelishini, shuningdek, qaramlikni keltirib chiqarishini eslatib o'tdi.

Avvalroq, besh farzandning onasi bo'lgan 43 yoshli ayol noqonuniy nasha yetishtirgani uchun uch yilu sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Source: podrobno.uz