Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 7-sinf o‘quvchisi (13 yoshli qiz) To‘palang daryosida cho‘kib ketdi, deya xabar berdi 19-may kuni viloyat prokuraturasi.

Qizning jasadi 15-may kuni qo‘shni Denov tumanidan topilgan. Marhumaning yaqinlari u bir kun avval yo‘qolib qolganini ma’lum qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt nafar qiz daryo bo‘yiga kelgan va ulardan biri suvga cho‘kib ketgan.

Qizni qidirish ishlariga qutqaruvchilar jalb etilgan. Operatsiya davomida, jumladan, dronlardan ham foydalanilgan.

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Source: www.gazeta.uz