Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi 8-iyun kuni Nyu-Yorkda Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni ushbu uchrashuv uchun Niderlandiya futbol federatsiyasiga 300 ming dollar to‘layotgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Xususan, AFT terma jamoalar bo‘limining sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev yopiq eshiklar ortidagi nazorat o‘yini uchun 300 ming dollar sarflanayotganini yozgan. U Kamerun, Kosta-Rika, Boliviya, Venesuela, Rossiya, AQSh, Meksika, Urugvay va Kanada bilan o‘yinlar uchun hech qanday to‘lov amalga oshirilmagani, aksincha, ushbu o‘yinlardan 525 ming dollar daromad olinganini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (OFA) ushbu xabarlarni rad etdi. OFA bayonotida: “Ushbu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘rtoqlik uchrashuvi uchun Niderlandiya futbol federatsiyasiga hech qanday pul to‘lanmaydi. O‘yinni tashkil etish xarajatlari – stadion ijarasi, xavfsizlik, translyatsiya va boshqa tashkiliy harajatlar – tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra teng taqsimlanadi. OFA o‘zaro manfaatli hamkorlik va amaldagi xalqaro normalar asosida ishlaydi”, deyilgan.

Assotsiatsiya muxlislar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Source: kun.uz