Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent xalqaro aeroportida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda salkam 2 kg oltin quymalarini O‘zbekistondan tashqariga noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.

Tekshiruv vaqtida Toshkent-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketmoqchi bo‘lgan 46 yoshli erkak yo‘lovchining yuklari ko‘zdan kechirilgan. Uning chamadonining ichki tayanch qismiga yashirilgan holda umumiy vazni 1 kg 923 gramm bo‘lgan oltin quymalari topilgan.

Topilgan oltin quymalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Surishtiruv davomida ushbu noqonuniy harakatga 34 yoshli, ilgari Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari qonunbuzarlikning barcha holatlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Source: www.gazeta.uz