Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqti-vaqti bilan yopiq bo‘ladi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

Marosim “Bunyodkor” stadionida shou-konsert shaklida o‘tishi reja qilingan. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida do‘stona match ham bo‘lib o‘tadi.

Cheklov 22-may soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Bu paytda quyidagi ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

YHTEM haydovchilarga oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishni tavsiya qildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ilk bor maydonga tushadi. Milliy terma jamoa “K” guruhidan joy olgan, unda Kolumbiya, Portugaliya terma jamoalari, shuningdek, Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo DR o‘rtasidagi pley-off g‘olibi bilan guruh bosqichining uchta o‘yinini o‘tkazadi.

Source: www.gazeta.uz