Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘onada bir ayol oilaviy nizo chog‘ida erini urgani uchun sud tomonidan 8,2 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Hodisa er-xotin farzandlari bilan sayr qilish joyi borasida kelisha olmagani sababli yuz bergan.

Sud ma'lumotlariga ko‘ra, janjal oilaviy sayr paytida, turmush o‘rtoqlar Madaniyat saroyiga yoki savdo markaziga borish borasida kelisha olmaganidan keyin boshlangan. Kelishmovchilik janjalga aylanib, keyingi kunlarda ham davom etgan.

Ikki kundan so‘ng ayol erining oldiga kelgan va ular o‘rtasida yana bahs chiqqan. Janjal chog‘ida ayol erini qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy zo‘ravonlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sudda ayol o‘z aybini qisman tan olib, mojaro ikki tomonlama bo‘lganini va u o‘zini himoya qilish maqsadida harakat qilganini aytgan. “U meni urmoqchi bo‘ldi, men esa himoyalanib, uni qo‘lim bilan itarib yubordim”, — deya tushuntirgan ayol.

Jabrlanuvchi erkak esa xotinini kechirish niyatida emasligini bildirib, suddan unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishni so‘ragan. Sud ayolni aybdor deb topib, 20 bazaviy hisoblash miqdorida jarima belgilagan. Shuningdek, erkakka moddiy va ma’naviy zararni undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Source: podrobno.uz