Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik yangi kupyura muomalaga chiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Unda banknotda Mirzo Ulug‘bek tasviri bo‘lishi aytilgan edi.

Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni rad etdi. Regulyatorning xabar berishicha, bunday ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga yangi pul belgisini kiritish masalasi ko‘rib chiqilmayapti», — deyiladi Markaziy bank xabarida.

«Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistonda pul belgilarining nominalini regulyator belgilaydi. 40-moddaga muvofiq, Markaziy bank mamlakat hududida banknot va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega.

Yangi pul belgisi Senat tomonidan ma’qullangandan so‘ng, Markaziy bank uning tavsifini va muomalaga kiritilishi haqidagi ma’lumotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Source: kun.uz