Toshkentda dunyoning yetakchi onkologiya markazlaridan biri — Gustave Roussy bilan qo‘shma loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu paytdan boshlab Respublika onkologiya va radiologiya markazi Gustave Roussy International Uzbekistan brendi ostida ishlay boshladi. Bu xalqaro davolash va boshqaruv standartlarini joriy etishni anglatadi.
Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov, Fransiyadagi Gustave Roussy markazining bosh direktori Fabris Barlezi, xalqaro ekspertlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va onkologiya sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid Fuk shaxsan, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiyev esa onlayn tarzda tadbirga qo‘shildi.
Loyiha xalqaro klinik protokollarni joriy etish, saratonni tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini rivojlantirish, tibbiy muassasalarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda bemorlarga yordam sifatini oshirishni nazarda tutadi.
2026-yil 20-maydan boshlab Respublika onkologiya markazi rasman Gustave Roussy International Uzbekistan brendi ostida ish boshladi. Bu jahon onkologiya amaliyotiga integratsiyaning yangi bosqichi bo‘ldi.
Hamkorlik doirasida 2030-yilga qadar 100 nafar o‘zbek jarrohi yetakchi fransuz tibbiyot markazlarida tayyorgarlikdan o‘tadi.
Source: podrobno.uz