Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namangan viloyatining Davlatobod va Mingbuloq tumanlarida hamda Farg‘ona shahrida bolalarning transformator podstansiyalarida elektr toki urishi natijasida o‘lim yoki nogironlik holatlari qayd etildi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova tegishli organga ta’sir choralarini yo‘llab, respublikaning barcha hududlarida bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘rishni talab qildi.

5 may kuni Davlatobod tumanida 13 yoshli bola ochiq qoldirilgan transformatorga chiqib, elektr toki urishidan vafot etdi. Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Ombudsman bayonotida yuqori kuchlanishli uskunalar aholi, ayniqsa bolalar uchun doimo xavfsiz bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.

Avvalroq Mingbuloq tumanida 4 yoshli bola hojatxona qidirib ochiq transformatorga kirib, ikkala qo‘lidan ayrilgan edi. Tergov va sud organlari bu jinoyat ehtiyotsizligi oqibatida sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

Fevral oyida Farg‘onadagi xususiy bog‘chada ochiq transformator tufayli 6 yoshli bola og‘ir kuyish jarohatlari olgan. Bu holat bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Source: kun.uz