Namangan viloyati Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kirdi. Bu yutuq bir oy ichida ekilgan gullar soni bo‘yicha qayd etildi.
2025-yilda an’anaviy festivalga tayyorgarlik doirasida jami 100 million gul ko‘chati ekilgan edi. 2026-yilda esa bu ko‘rsatkich 150 million donaga yetkazildi.
Natijada Namangan “Bir oy davomida jamoaviy tarzda ekilgan eng ko‘p gullar” nominatsiyasida jahon rekordini o‘rnatdi.
Festivalning tantanali ochilish marosimida Ginnesning rekordlar kitobi vakili Sheyda Subasi maxsus sertifikatni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga topshirdi.
Endi Namangan dunyodagi kam sonli shaharlar qatoriga qo‘shildi va bu natijani tarixda qayd etdi.
Source: podrobno.uz