Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan sertifikatsiz dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.

Huquqbuzarlik “Navoiy” chegara bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Bojxona xodimlari oldindan kuzatuv ostida bo‘lgan 2 nafar fuqaroni ushlab qolgan.

Tekshiruv davomida ushbu shaxslar dori vositalarini tanasiga – qorin va oyoq sohalariga yopishtirib, yashirgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Ko‘zdan kechirish natijasida sifati kafolatlanmagan 10,2 ming dona dori vositasi olib qo‘yildi. Dastlabki baholarga ko‘ra, ushlangan partiyaning umumiy qiymati qariyb 160 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha belgilangan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: podrobno.uz