Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning jahon chempionatiga boruvchi tarkibini e’lon qildi. Qayd etilishicha, jamoa 26-may kuni tongda Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘ylab Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l oladi.

Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Tribuna.uz muxbiri savoliga javoban Amerikaga belgilanganidan ko‘proq o‘yinchi olib ketilishini ma’lum qilgandi.

“26-may kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Nyu-York shahriga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun uchib ketadi. AQShdagi shu yig‘inga 30 nafar futbolchini olib ketish rejalashtirilgan. Xabaringiz bor, JCH-2026 uchun 26 nafar o‘yinchini yakuniy ro‘yxatdan o‘tkazish nazarda tutilgan. 4 nafar o‘yinchini esa har ehtimolga qarshi olib boramiz. Xudo ko‘rsatmasin, jarohatlar bo‘lmasin-u, har qanday noxush vaziyat bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda 4 futbolchini AQSh va Kanadadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga olib boramiz”, — degandi Ravshan Ermatov.

Championat.asia nashrining qayd etishicha, terma jamoa yig‘inida ishtirok etgan quyidagi futbolchilar tarkibga kiritilmagan: Vladimir Nazarov, Muhammadrasul Abdumajidov, Diyor Ortiqboyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Nodir Abdurazzoqov, Alisher Odilov, Sardor Bahromov, Husayn Norchayev, Muhammadqodir Hamraliyev.

Shuningdek, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohati sababli jahon chempionatini o‘tkazib yuborayotgan bo‘lsa, avvalroq terma jamoa bilan jahon chempionati saralashida ishtirok etgan Azizbek Turg‘unboyev tarkibdan o‘rin olmagan.

Source: www.gazeta.uz