Kitob tumanining “Bog‘bon” mahallasida 23 may kuni soat 17:00 atrofida favqulodda hodisa yuz berdi. 9 yoshli bola velosipedda ketayotganda muvozanatni yo‘qotib, Qashqadaryo daryosiga qulab tushdi.
Bolaning katta akasi yordam so‘rab baqira boshlagan. Daryo yaqinida yashovchi FVV xodimi, mayor Xusniddin Sharapov bolalarning faryodini eshitib, darhol suvga sakrab, bolani qutqarib oldi.
Mayor Xusniddin Sharapov Kitob tumanidagi qutqaruv bo‘linmalaridan birida guruh komandiri bo‘lib xizmat qiladi. Uning tezkor va jasoratli harakati tufayli bola omon qoldi.
Hozirda bolaning ahvoli yaxshi, u uyiga qaytarilgan. Voqea joyida hech qanday jarohat olmagan.
Source: kun.uz