Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

26−27-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Ushbu kunlarda havo harorati +25…+30 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +33…+35 darajagacha bo‘ladi.

28-mayda respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 2−3 darajaga ko‘tariladi.

29−31-mayda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari +35…+38 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, 25−28-mayda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. 25−31-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, 26−27-mayda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida dushanba kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +26…+28 daraja bo‘ladi. 26-mayda kechga tomon va 27-mayda kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +16…+18 daraja, kunduzi 26-mayda +28…+30 daraja, 27-mayda +26…+28 daraja bo‘ladi.

28−31-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin +33…+36 darajagacha ko‘tariladi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, 26−27-mayda 10−12 m/s gacha kuchayadi.

Source: www.gazeta.uz