Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda endi qabristonlarni obodonlashtirish uchun QR-kod orqali onlayn xayriya qilish mumkin bo‘ladi. Hukumatning tegishli qarori 21 may kuni kuchga kirdi.

UzA ma’lumotiga ko‘ra, mobil ilovalar orqali istalgan qabristonga pul o‘tkazish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Qabristonlarni saqlash va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larni boshqa ehtiyojlarga yo‘naltirish taqiqlanadi.

Joriy yilning 1 dekabridan boshlab mahallalar obodonlashtirish boshqarmasiga ariza topshirishi mumkin. Arizada muayyan qabristonni ta’mirlash bo‘yicha ehtiyojlar ko‘rsatilishi kerak.

Avvalroq O‘zbekiston hukumati qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha uch yillik dasturni ishga tushirishi ma’lum qilingan edi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq qabristonni tartibga keltirish rejalashtirilgan. Bunga jami 1,6 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Source: podrobno.uz