O‘zbekiston, Toshkent – Podrobno.uz. FVV xabariga ko‘ra, 24 may kuni soat 14:05 da Bo‘stonliq tumanida 10 kishilik guruh tog‘ga chiqqan. Sayyohlardan biri sirpanib ketib, jarohat olgan.
Qutqaruvchilar tezda voqea joyiga yetib borib, birinchi yordam ko‘rsatgan. So‘ngra jabrlangan taxminan 2300 metr balandlikdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan va tez yordam shifokorlariga topshirilgan.
Hozirda uning ahvoli yaxshi. FVV xodimlari sayyohlarni tog‘larda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi.
Avvalroq Surxondaryo viloyati FVV xodimlari mahalliy ayolni tabiiy tuzoqdan qutqarib qolgan edi. Ayol tog‘dagi balandlikka chiqqan, biroq 30 metr balandlikdan yiqilib tushgan.
Source: podrobno.uz