Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet 26-maydan 1-iyunga qadar kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirildi.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.

Source: www.gazeta.uz