27-may chorshanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonning deyarli barcha masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozdan oldingi amru-ma’ruflarda Qurbon hayitini munosib nishonlash, bu kunni ulug‘ bayram sifatida yaxshi kayfiyatda o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.
Gazeta muxbirlari poytaxtdagi “Islomobod” hamda “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidlaridan fotoreportaj tayyorladi. Namozxonlar bayram kayfiyatida masjidlarga tashrif buyurib, bir-birlarini tabrikladi.
Toshkent shahridagi boshqa masjidlarda ham hayit namozi o‘qilib, va’zlar o‘qildi. Bayram munosabati bilan ko‘chalarda tirbandliklar kuzatildi, ammo tartib saqlandi.
Source: www.gazeta.uz