Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda 30 yoshli erkak o‘zini vositachi sifatida tanishtirib, 24 yoshli telefon sotuvchisini aldagan. U iPhone 16 Pro Max smartfonlarini arzon narxda yetkazib berishni va’da qilgan.

Jabrlanuvchi 17 ta telefon uchun 10 ming dollar oldindan to‘lov qilgan, ammo “yetkazib beruvchi” pulni olgach, aloqaga chiqmay qo‘ygan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Huquq-tartibot organlari qimmatbaho texnikani faqat rasmiy do‘konlardan yoki ishonchli sotuvchilardan xarid qilishni tavsiya qiladi. Pulni oldindan emas, balki tovarni tekshirib olgandan keyin berish kerak.

Avvalroq Telegram messenjerida bojxona tomonidan musodara qilingan mahsulotlar bahonasida tovarlarni bir necha barobar arzon narxda sotuvchi kanallar paydo bo‘lgan. Aslida bu firibgarlik sxemasi bo‘lib, internet firibgarlari o‘zlarini bojxona xodimlari sifatida ko‘rsatadi.

Source: podrobno.uz