O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi havo aloqasi yana bir qadam kengaydi. Toshkent va Guanchjou o'rtasida yangi to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov ishga tushirildi. Birinchi samolyot allaqachon "Guanchjou Bayyun" xalqaro aeroportiga yetib keldi. Endilikda O'zbekiston poytaxti va Guandun provinsiyasi o'rtasida haftasiga jami 12 ta parvoz amalga oshiriladi.
Yangi yo'nalish Toshkentni Xitoyning eng yirik savdo-sanoat markazlaridan biri bilan bog'ladi. Aeroport rahbariyati ushbu qatnovni Buyuk Ipak yo'lining zamonaviy davomi sifatida baholamoqda.
"Guanchjou Bayyun" aeroporti bosh direktori o'rinbosari Si Yaomingning ta'kidlashicha, yangi yo'nalishning ochilishi nafaqat ikki davlat o'rtasidagi havo qatnovini kengaytirish, balki Buyuk Ipak yo'lining zamonaviy davomidir.
Uning so'zlariga ko'ra, Guanchjou va Toshkent o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovi Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishiga xizmat qilishi kerak.
Yangi yo'nalish bo'yicha parvozlar haftada bir marta - chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston Xitoyga aviaqatnovlar sonini oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz