Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) 2027 yilgi Osiyo Kubogi saralash turniri guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi jamoa B guruhidan joy oldi.

O‘zbekistonlik yoshlar Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Saralash o‘yinlari 2026 yil 25 avgustdan 6 sentyabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Tomonlar O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qilishdi.

Source: podrobno.uz