Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi to‘liq raqamli ekologiya va iqlim universiteti konsepsiyasi taqdim etildi. Bu Green University negizida tashkil etilayotgan Digital-filial bo‘lib, unda ta’lim onlayn, ingliz tilida va Markaziy Osiyoning istalgan nuqtasidan olinishi mumkin.

Universitetning raqamli filiali an’anaviy auditoriyalardan voz kechgan holda, maxsus platformada masofaviy ta’limni taklif qiladi. Talabalar nazorat tizimi va kuzatuv bilan ta’minlanadi, bitiruvchilar esa Green University davlat namunasidagi diplomlarini olishadi.

Loyiha nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo va kelajakda xalqaro talabalarni qamrab olishga mo‘ljallangan. Platforma UzCloud infratuzilmasida joylashtiriladi, ta’lim tizimi esa Moodle asosida quriladi. Kutubxonalar, ilmiy jurnallar va tadqiqot platformalari raqamlashtiriladi.

Onlayn format ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi ta’limni mintaqa talabalari uchun qulayroq qiladi. Loyihani ishga tushirishga to‘rt oy tayyorgarlik ko‘riladi, birinchi yilda ikki ming talabani jalb qilish rejalashtirilgan.

Tashabbus mualliflari raqamli format ta’limga kirishni kengaytirish va Green University’ni mintaqaviy ekologik ekspertiza markazi sifatida mustahkamlashiga umid qilmoqda. Avvalroq Green University’ga taniqli xitoylik olim Tunqyan Zou ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor etib tayinlangandi.

Source: podrobno.uz