Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

29-may kuni Shavkat Mirziyoyev ishchi tashrif bilan Ostona shahriga yetib keldi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibiga tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari kiritilgan. Shuningdek, amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

Source: uznews.uz