Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dunyodagi eng yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri — V.Ships Global Recruitment O‘zbekiston fuqarolari uchun kruiz kemalarida 45 ta ish o‘rnini e'lon qildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Maosh oyiga 900 dan 1650 AQSh dollarigacha bo‘lib, lavozim va ish haqi ish samaradorligiga qarab oshirilishi mumkin. Vakansiyalar orasida xizmat ko‘rsatish yordamchisi, bar ofitsianti, ikkinchi oshpaz, oshpaz yordamchisi va oshxona xodimi kabi lavozimlar mavjud.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: yoshi 18–45 oralig‘ida, ingliz tili B1 darajasidan past bo‘lmasligi kerak. Yevropa tillarini bilish afzallik beradi.

Xodimlarga turli mamlakatlarga sayohat qilish imkoniyati, AQSh ish vizasi va Migratsiya agentligi ishtirokidagi uch tomonlama shartnoma asosida huquqiy himoya kafolatlanadi.

Ishga joylashish uchun kompaniya veb-saytida ariza qoldirish kerak. Mos keladigan nomzodlar bilan kompaniya mutaxassislari bog‘lanadi va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar intervyuga taklif qilinadi. Tanlangan nomzodlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzilib, AQSh ish vizasi rasmiylashtiriladi.

Source: kun.uz