Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, 9-iyun kuni Guliston tumanidagi “Ishonch” mahallasida cho‘l bo‘risi (shakal) to‘rt kishiga hujum qilgan.
Hodisa soat 17:30 atrofida dala chetidagi hududda sodir bo‘lgan. Mahalla fuqarolaridan biri tezkorlik bilan hayvonni zararsizlantirgan.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, jabrlangan fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning sog‘lig‘i shifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Tegishli organlar tomonidan vaziyat o‘rganilmoqda va profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Source: kun.uz