Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Chinor” (5-bekat) bekati 13-iyundan boshlab 50 kun muddatga vaqtincha yopiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Bekatda yo‘lovchilar uchun “qulay va zamonaviy” infratuzilma yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Jarayon davomida perronlar, vestibyullar va boshqa infratuzilma obyektlari yangilanadi.

Bekat yopilgan davrda transport qatnovi uzluksizligini ta’minlash uchun “Chinor” va “Yangihayot” metro bekatlari oralig‘ida bepul maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ular belgilangan jadval asosida harakatlanadi.

Metropoliten rahbariyati yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, rekonstruksiya ishlari yakunlangach, bekat yanada qulay va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishini ta’kidladi.

Source: www.gazeta.uz