O‘zbekiston Markaziy banki ikki bank va ikkita mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi. Bunga sabab qonunchilik talablarining buzilishi va tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘lgan.
Regulyator matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil may oyida Bank nazorati qo‘mitasi sakkizta yig‘ilish o‘tkazib, 36 ta masalani ko‘rib chiqqan. Jumladan, Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlarga rioya etilishi, bank va nobank kredit tashkilotlari tekshiruvlari natijalari, foydani taqsimlash, shuningdek, “regulyativ qum qutisi” doirasida moliyaviy xizmatlarni sinovdan o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki bank va nobank tashkilotlari rahbar shaxslarini jarimaga tortish huquqini olgani xabar qilingan edi. Jarima qo‘llash uchun asos sifatida muassasa tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol qonunbuzarlik hisoblanadi.
Source: podrobno.uz