Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda 20 iyun soat 10:00 dan boshlab 2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn hujjat qabul qilish jarayoni boshlanadi.

Kelajakdagi birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari va qonuniy vakillari hujjatlarni rasmiy raqamli platformalar – my.maktab.uz portali va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali topshirishlari kerak.

Qayd etish joizki, mikrouchastkalar doirasida arizalarni qabul qilish joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi. 1 avgustdan 31 avgustgacha esa biriktirilgan mikrouchastkadan tashqarida yashovchi bolalar uchun qabul o‘tkaziladi.

Zarur hujjatlar: 086/у yoki 063 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma; 3×4 o‘lchamdagi fotosurat; ota-ona va bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Maslahat olish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining call-markazlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: 71-203-07-04 va 71-203-04-03. Shuningdek, Telegram-bot orqali ham maslahat olish mumkin.

Source: uznews.uz