22-iyun kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi qurilish binosida 3 nafar ishchining ahvoli bo‘yoq hididan yomonlashdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
FVVga holat yuzasidan soat 18:30 larda 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Qurilish binosi tumanning “Oybek” MFY Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan bo‘lib, uning 2 qavat pastki yerto‘lasida ishchilar bo‘yoqlash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.
FVV qutqaruvchilari fuqarolarni chuqurdan olib chiqdi, ularga birinchi yordam ko‘rsatildi. So‘ng ishchilar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda ularning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Source: www.gazeta.uz