Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi iyul oyidan boshlab Kobul va Toshkent o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uch martaga yetkazishini ma’lum qildi.

Avvalroq ushbu yo‘nalishda reyslar faqat shanba kunlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 2026-yil 2-iyuldan boshlab parvozlar seshanba, payshanba va shanba kunlari bajariladi.

Parvoz davomiyligi 1 soat 45 daqiqani tashkil etadi. Aviakompaniya veb-saytida chiptalar narxi 365 AQSh dollaridan boshlanadi. Reyslar Boeing 737-300 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Source: kun.uz