Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boshlab yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilishda yagona yondashuvni ta’minlashga qaratilgan yangi qoidalar kuchga kiradi.

Huquqiy axborot portaliga ko‘ra, tanlov asosida suhbat o‘tkazish uchun savollar tegishli davlat organining rasmiy veb-saytida suhbatdan kamida bir oy oldin e’lon qilinishi shart. Belgilangan muddatda e’lon qilinmagan savollardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, ichki tanlov o‘tkazilmaydigan lavozimlar ro‘yxati, shuningdek, tayinlashda umumiy yoki maxsus ish staji talab qilinmaydigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Ish staji talab qilinadigan lavozimlar uchun esa staj muddati ikki yildan oshmasligi belgilangan.

Source: kun.uz