Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra mamlakat doimiy aholisi soni 38,4 million kishiga yaqinlashdi.

Agentlikning yangi hisobotida eng gavjum aholi punktlari reytingi e’lon qilindi. Birinchi o‘rinni 731,3 ming aholi bilan Namangan shahari egallagan. Ikkinchi o‘rinda 607,6 ming aholi bilan Samarqand shahari, uchinchi o‘rinda esa 588,6 ming aholi bilan Samarqand viloyatining Urgut tumani qayd etilgan.

Eng gavjum o‘ntalikka Andijon shahari (506 ming), Surxondaryo viloyatining Denov tumani (442,7 ming), Toshkent shahridan Almosor (419,6 ming), Yunusobod (395 ming) va Shayxontohur (374,6 ming) tumanlari, shuningdek Samarqand viloyatining Pastdarg‘om (401,5 ming) va Andijon viloyatining Asaka (369,6 ming) tumanlari kiritilgan.

Tahlilchilarning qayd etishicha, aholining notekis taqsimlanishi va yirik shaharlarga to‘planishi infratuzilma, bandlik va ijtimoiy xizmatlarga bosimni oshirmoqda. Mutaxassislar bu tendensiya uzoq muddatda hududiy rivojlanishdagi nomutanosiblikni yanada chuqurlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Source: kun.uz