Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kun.uz internet-nashri muxbiri Shohruh Majidov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. Tegishli farmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan imzoladi.

Davlat mukofotlari bilan jurnalistlar, muharrirlar, tele va radio boshlovchilar, muxbirlar, bloggerlar va media sohasining boshqa vakillari so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonning demokratik islohotlari va yutuqlarini yoritish, shuningdek, faol jamoat faoliyati uchun taqdirlandi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Platina.uz va Pinkod.uz sahifalari yaratuvchisi Ravshanbek Meliqo‘ziyev hamda Sinchalak blog sahifasi muallifi Mahliyo To‘lqinova ham mukofotlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, “Yangi O‘zbekiston”, “Narodnoye slovo”, “Samarqand vestnik” gazetalari, shuningdek, Daryo.uz, Xabar.uz va boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlari orden va medallar bilan taqdirlandi.

Source: kun.uz