Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Damas avtomobilining voyaga yetmagan yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Hodisa 23-iyun kuni soat 12:30 atrofida A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining 325-kilometrida, “Dasturxonchi” mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 1987-yilda tug‘ilgan Damas haydovchisi tartibga solinadigan chorrahada chapga burilish vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan ZIL-138 yuk avtomobiliga yo‘l bermagan. Natijada transport vositalari to‘qnashgan.

Baxtsiz hodisa vaqtida Damas salonida 2011-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan yo‘lovchi bo‘lgan. O‘smir og‘ir jarohatlar olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Shifokorlarning sa’y-harakatlari va reanimatsiya tadbirlariga qaramay, o‘smirni qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan.

Ushbu fakt bo‘yicha tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda.

Source: uznews.uz