O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Mustaqilligining 35 yilligi sharafiga esdalik nishonini ta'sis etish to‘g‘risida farmon imzoladi.
Hujjat davlat rahbarining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan. Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni vatandoshlarga mustaqillikni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiy qudrati va salohiyatini oshirish, shuningdek, ko‘p yillik fidokorona mehnati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun beriladi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Mustaqillikning 35 yilligiga tayyorgarlik O‘zbekistonning jahon miqyosidagi yuksak obro‘sini hisobga olgan holda olib borilmoqda.
Avvalroq prezident so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qilish, islohotlarni yoritish va zamonaviy jurnalistika uchun kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh jurnalistlar, bloggerlar, muharrirlar, teleoperatorlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzolagan edi.
Source: podrobno.uz