Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Davlat mukofotiga ta’lim, fan, tibbiyot, tadbirkorlik, sport, madaniyat, sanoat va jamoat faoliyatida muvaffaqiyat qozongan yoshlar sazovor bo‘ldi.
Farmonga ko‘ra, medal bilan quyidagilar taqdirlangan: Shahzoda Azatova – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-kurs talabasi; Kamola Odiljonova – Andijon davlat pedagogika instituti 1-kurs doktoranti; Jahongir Bafoyev – “Bukhara books” xususiy kitob do‘konlari tarmog‘i asoschisi; Mohira Jalolova – Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limi neyroxirurgi; Asal Ziyodova – Qarshidagi “Bolalar akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari; Sulaymon Istamtoshev – Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi; Qobiljon Solohiddinov – Yangi-Namangan tumanidagi “Qobil Jiga servis” avtoservis rahbari; Pokiza Nurmamatova – “Kaja Games” milliy o‘yinlar startap loyihasi asoschisi; Temur Rahimberdiyev – Yangiyerdagi “Cecosino newenergy technology” xususiy korxonasi muhandis-texnologi; Akmal Abduxoliqov – “Aka-uka oltin erlari” sabzavotchilik fermer xo‘jaligi rahbari; Ozoda Yunusova – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mis boyitish fabrikasi maydalash va flotatsiya sexi flotatori; Hamidjon Odilov – Farg‘onadagi “TruDispatch” xususiy logistika korxonasi rahbari; Sevinch Rahimova – O‘zbekiston karate milliy terma jamoasi a’zosi; Azizaoy Mirfayzullayeva – Toshkent shahar Sergeli tumani “Farohatli” mahalla yoshlar yetakchisi; Laylo Aslonova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi; Muhammadsaid Mamasaidov – “Tahrirchi” sun’iy intellekt platformasi asoschisi; Zilola Muydinova – Bojxona instituti bojxona to‘lovlari va statistika kafedrasi o‘qituvchisi; Sabina Mustayeva – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi yakkaxoni; Firuzjon Safolov – “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ parvoz xizmati departamenti A-321 samolyot uchuvchisi; Lobarxon Xo‘jamberdiyeva – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 2-kurs kursanti.
Source: podrobno.uz