FIFA veb-saytida jahon chempionati guruh bosqichidagi eng yaxshi golni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni davom etmoqda. 12 ta gol orasida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning goli ham bor.
Hujumchi DR Kongoga qarshi o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni o‘tkir burchak ostida qabul qilib, darvozabonni “parashyut” usulida aldab, hisobni ochgan edi.
Endi u Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar bilan guruh bosqichining eng yaxshi goli unvoni uchun raqobatlashmoqda.
O‘zbekistonlik futbolchiga ovoz berish uchun havola orqali saytga o‘tish mumkin.
Source: kun.uz