Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda aholi ro‘yxatga olish jarayoniga sarflangan mablag‘lar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, har bir fuqaro uchun o‘rtacha 1,44 ming so‘m (taxminan 0,12 dollar) sarflangan.

Qo‘mita vakillarining ta’kidlashicha, bunday past xarajat raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va tashkiliy xarajatlarni optimallashtirish hisobiga erishilgan. Bu ko‘rsatkich xalqaro miqyosda ham nisbatan past hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, aholi ro‘yxatga olish mamlakat aholisining 97,3 foizini qamrab olgan. Umumiy xarajatlar esa taxminan 4,6 million dollarni tashkil etgan. Bu byudjet mablag‘laridan tejamkorlik bilan foydalanilganidan dalolat beradi.

Source: uznews.uz