Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ko‘rsatilgan e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.

«O‘zbekiston Prezidentidan eng samimiy tilaklarni yetkazdim», — deya yozadi Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston va Fransiyani asosiy strategik sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalari bog‘lashini ta’kidlab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga ishonch bildirdi.

«Ishonchim komilki, oldinda har ikki davlat uchun foydali bo‘ladigan yana ko‘plab qo‘shma loyihalar va tashabbuslar bor», — deyiladi xabarda.

Source: kun.uz