Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kun.uz muxbirining sud majlisidagi xabariga ko‘ra, avtobozorda tovlamachilik bilan shug‘ullangan 14 kishiga nisbatan hukm o‘qildi. Ular mijozlarning avtomobillariga ruxsatsiz va oldindan kelishmasdan turli qurilmalar o‘rnatib, pul talab qilgan.

Tergov va sud materiallariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari mijozlarning avtomobillariga ularning roziligisiz uskunalar o‘rnatgan va keyin pul undirishga urungan. Bir holatda, ular mijozning mashinasiga ruxsatsiz uskuna o‘rnatgan. Bozor narxlarida xizmat qiymati 600 dollar bo‘lgan, biroq ayblanuvchilar mijozdan 13 300 dollar talab qilgan. Mijoz norozilik bildirganda, unga tahdid qilingan.

Yana bir holatda, guruh a’zolari fuqaroning avtomobiliga uning roziligisiz ehtiyot qismlar o‘rnatgan va bozor narxidan uch baravar yuqori summa talab qilgan. Ular mashina kalitlarini olib, bosim o‘tkazib, 15 million so‘m tovlamachilik qilgan. Shuningdek, ular ikki boshqa fuqarodan qo‘shimcha uskuna o‘rnatish uchun 70 million so‘m olgan, ammo va’dasini bajarmagan.

Uchtepa tuman sudi ayblanuvchilarni tovlamachilikda aybdor deb topib, ularni 3 yildan 6,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi. Ulardan ba’zilari ilgari sudlanganligi sababli qattiq rejimli koloniyada, qolganlari esa umumiy rejimli koloniyalarda jazo o‘taydi.

Source: kun.uz