O‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki besh oyida bozor xizmatlari hajmi 533,1 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,5 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Eng yirik segment 141,7 trillion so‘m bilan savdo sohasi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda 90,7 trillion so‘m bilan yashash va ovqatlanish xizmatlari, uchinchi o‘rinda esa 85,3 trillion so‘m bilan transport xizmatlari qayd etildi.
Moliyaviy xizmatlar 84,2 trillion so‘mni, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 39 trillion so‘mni, ta’lim 18,8 trillion so‘mni, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar esa 11,8 trillion so‘mni tashkil etdi.
Aholiga ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmi 9,3 trillion so‘m, tibbiy xizmatlar 9,1 trillion so‘m, kompyuter va maishiy texnikani ta’mirlash xizmatlari 6,5 trillion so‘m, ijara xizmatlari 6,4 trillion so‘m, arxitektura, muhandislik izlanishlari va texnik sinovlar sohasidagi xizmatlar 6,1 trillion so‘mni tashkil qildi. Qolgan xizmat turlariga 24 trillion so‘m to‘g‘ri keldi.
Avvalroq O‘zbekistonda har ming aholiga 30 dan ortiq tadbirkor to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingan edi.
Source: podrobno.uz