Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Yakkasaroy tumanida Malibu avtomobili yuqori tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotib, Caffelito kafesi binosiga borib urilgan. Hodisa 2 iyul kuni soat 05:40 da Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni uddalay olmagan va natijada avtomobil kafe binosiga kelib urilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

YHXB haydovchilarni tezlikni me’yorida saqlashga va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Source: kun.uz