Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Gulchehra Jamilova 1946-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan va 1968-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan.

Aktrisa “Bahor” davlat xalq raqs ansamblida raqqosa sifatida faoliyat boshlagan. 1987-yilda Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatrida ish boshlagan va 1987−1991-yillarda O‘zbekiston davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.

Uning ilk rollari “Veronalik ikki yigit” va “Qonli sarob” dramalarida bo‘lgan. Keyinchalik “Ko‘rmayin bosdim tikonni”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yo‘qotilgan uzuk”, “Boy ila xizmatchi”, “Otello”, “Fig‘on” va “Sohibqiron” kabi spektakllarda turli qahramonlarni gavdalantirgan.

Kino sohasida ilk bor “Shohsanam va g‘arib” filmida suratga tushgan. 1965-yilda Shuhrat Abbosovning “Qalbingda quyosh” filmida, 1969-yilda esa Yo‘ldosh A’zamovning “O‘tgan kunlar” filmida ishtirok etgan. 1984-yilda “Sevgi afsonasi” filmida, shuningdek, “Kulol va xurmacha”, “Ehtiros qurbonlari”, “Girdob”, “Qilmish-qidirmish” va “Shaytanat” kabi seriallarda ham rol o‘ynagan.

Gazeta Gulchehra Jamilovaning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz