Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Davlat xavfsizlik xizmati (DXQ) va Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari (IIO) hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Surxondaryo viloyatida narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi.

Afg‘onistonlik noma’lum shaxslar Amudaryo daryosi orqali giyohvandlik vositalarini dron qurilmasi yordamida O‘zbekiston hududiga o‘tkazishga urinishgan. Ular uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanib, noqonuniy yukni yetkazib berishni rejalashtirgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu noqonuniy harakat fosh etilib, uchuvchisiz uchish apparatiga mahkamlangan 2 kilogramm 32 gramm opiy moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Source: www.gazeta.uz