Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–may oylarida 190 480 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3 mingtaga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘lib, uning ulushi umumiy ishlab chiqarishning qariyb uchdan bir qismini tashkil etgan.

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha markalar taqsimoti: Cobalt – 69 302 dona, Damas – 35 269, Tracker – 18 519, Onix – 15 157, KIA – 11 128, BYD – 10 120, Haval – 4 038, Chery – 3 156, maxsus yengil avtomobillar – 23 791 dona.

Cobalt boshqa markalarni sezilarli darajada ortda qoldirib, yetakchilik qilmoqda. Uning ulushi umumiy ishlab chiqarishning deyarli 36 foizini tashkil etadi.

Source: kun.uz