Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

6-iyul kuni Andijon shahridagi 2-sonli tug‘uruq majmuasida 5 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Qayrag‘ochtosh” MFYda yashovchi Nargiza Bekjonova ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilingan. Unga bir necha soat avval muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan.

Uning 5 farzandidan 3 nafari qiz, qolganlari o‘g‘il. Chaqaloqlar 1205 gramdan 1605 gramgacha bo‘lgan og‘irlikda dunyoga keldi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ona va chaqaloqlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga o‘tkazildi.

Egizaklar va ularning onasi o‘zlarini yaxshi his etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Andijon shahrida 4 nafar egizak — uch o‘g‘il va bir qiz dunyoga kelgandi.

Source: www.gazeta.uz