Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. “Istanbul Basaksehir” klubi hujumchining “Roma”dan ijarasini to‘liq transferga aylantirdi.

Shomurodov bilan yangi shartnoma 2028 yil yozigacha imzolangan. Avval u Italiyaning “Roma” klubida o‘ynagan va “Istanbul Basaksehir”ga ijaraga berilgan edi.

O‘tgan mavsumda o‘zbekistonlik hujumchi barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Bu uning faoliyatidagi eng samarali mavsumlardan biri bo‘ldi.

Shomurodov avval “Rostov”, “Genoa”, “Spetsiya” va “Kalyari” klublarida ham to‘p surgan. Uning transferi Turkiya Superligasida o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan qiziqishni yana bir bor tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodovning DR Kongo darvozasiga urgan goli FIFA tomonidan jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topilgan edi. Ovoz berishda 36% muxlislar uning golini qo‘llab-quvvatlagan.

Source: podrobno.uz