Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Sergeli tumanida huquq-tartibot xodimlari 18 yoshli qizdan pul undirishda gumonlanayotgan erkakni qo‘lga oldi. Jinoyatchi uning shaxsiy fotosuratlari va videolarini oshkor qilish bilan tahdid qilgan.

IIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qiz o‘zi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Instagram’da bir erkak bilan tanishib, romantik munosabatlar o‘rnatgan.

Biroz vaqt o‘tgach, erkak uni shaxsiy fotosuratlar va videolarni yuborishga ko‘ndirgan. Keyin esa ularni tarqatish bilan tahdid qilib, 300 dollar talab qilgan.

Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng huquq-tartibot xodimlari tezkor tadbir o‘tkazgan. Gumonlanuvchi Sergeli tumanida 200 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (“Tovlamachilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish jazosi tahdid qilmoqda.

Bu birinchi bunday holat emas: avval Buxoroda bir qiz singlisining yigitini shaxsiy materiallar bilan shantaj qilgan edi.

Source: podrobno.uz