Bostanliq tumanidagi dala hovlilardan birida dam olayotgan erkak quduqqa yiqilib tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkor yetib borib, uni quduqdan chiqarib, shifokorlarga topshirdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa kecha soat 12:27 da sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati FVV boshqarmasiga Bostanliq tumanidagi “Novobod” mahallasi hududidagi dala hovlilardan birida erkak quduqqa yiqilib tushgani haqida xabar kelib tushgan.
FVV qutqaruvchilari voqea joyiga tezkor yetib borib, maxsus qutqaruv ishlarini olib bordi. Natijada erkak quduqdan muvaffaqiyatli chiqarilib, shifokorlar nazoratiga topshirildi.
Hozirda erkakning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Source: kun.uz