O'zbekistonda tibbiyot oliy o'quv yurtida o'qiyotgan 22 yoshli hindistonlik talaba qiz vafot etdi. U Hindistonning Kerala shtatidan edi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qiz kasalxonaga yotqizilishidan oldin kursdoshi bilan janjallashib qolgan. O'zbekiston huquq-tartibot idoralari uni qizning o'limiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgan.
Onmanorama nashrining marhumning oilasiga tayanib xabar berishicha, voqea bir necha kun oldin sodir bo'lgan. Ikki talaba o'rtasida janjal kelib chiqib, mushtlashuvga aylangan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, janjal paytida yigit qizni noutbuk bilan boshiga urgan. Jabrlanuvchi og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlarning yordamiga qaramay, ichki qon ketishidan vafot etgan.
Gumonlanuvchi O'zbekistonda qo'lga olingan. Tergov davom etmoqda, qo'shimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmayapti.
Avvalroq Hindiston fuqarosi Surxondaryo viloyatida huquq-tartibot xodimiga pora berishga urinishda ayblanib, yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan qochishga uringan edi.
Source: podrobno.uz